Jurnal haqida
Science Vista (Ilm-fan istiqbollari, перспективы науки) - xalqaro ilmiy-texnikaviy va amaliy elektron jurnal. Nashrning maqsadi kimyo, texnika, iqtisodiyot, pedagogika, biologiya va qishloq xo‘jaligi fanlari yo‘nalishlarida olib borilayotgan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar natijalarini nashr etish, ilmiy yutuqlarni ommalashtirish, innovatsion ishlanmalarni targ‘ib qilish, ilmiy axborot almashinuvini rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy olimlar, tadqiqotchilar va yosh izlanuvchilar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Yo‘nalishlar
Oltita ilmiy yo‘nalishdagi original maqolalar, tahliliy tadqiqotlar va ilmiy sharhlar.
Tillar
Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tillarida qabul qilinadi.
Davriylik
Yiliga 6 son (har ikki oyda bir marta), A4 elektron PDF.
Taqrizlash
Har bir nashr qarori oldidan mustaqil ikki tomonlama anonim taqriz.
Maqsad va vazifalari
SCIENCE VISTA elektron ilmiy jurnalining asosiy maqsadi kimyo, texnika, iqtisodiyot, pedagogika, biologiya va qishloq xo‘jaligi fanlari yo‘nalishlarida olib borilayotgan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar natijalarini nashr etish, ilmiy yutuqlarni ommalashtirish, innovatsion ishlanmalarni targ‘ib qilish, ilmiy axborot almashinuvini rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy olimlar, tadqiqotchilar va yosh izlanuvchilar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat:
02.00.00-Kimyo va neft-gaz texnologiyalari.
05.00.00-muhandislik, konchilik, materialshunoslik, energetika, transport va qurilish.
08.00.00-iqtisodiy nazariya, moliya, boshqaruv va hududiy rivojlanish.
13.00.00-ta’lim nazariyasi va metodikasi, oliy ta’lim hamda pedagogik innovatsiyalar.
03.00.00-tirik organizmlarning tuzilishi, rivojlanishi, irsiyati, hayotiy jarayonlari va ekologiyasi.
06.00.00-dehqonchilik, o‘simlikshunoslik, seleksiya, tuproq unumdorligi, chorvachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, sohalaridagi ilmiy maqolalar, ilmiy sharhlar va tadqiqot natijalarini elektron shaklda nashr etish;
Ilmiy izlanishlar natijalarini keng ilmiy jamoatchilikka yetkazish;
Ilg‘or tajribalar va innovatsion texnologiyalarni ommalashtirish;
Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishdan iborat:
Yo‘nalishlar
- 02.00.00 — Kimyo fanlari: kimyo va neft-gaz texnologiyalari;
- 05.00.00 — Texnika fanlari: muhandislik, konchilik, materiallar, energetika, transport va qurilish;
- 08.00.00 — Iqtisodiyot fanlari: iqtisodiy nazariya, moliya, boshqaruv va hududiy rivojlanish;
- 13.00.00 — Pedagogika fanlari: ta’lim nazariyasi va metodikasi, oliy ta’lim, innovatsiyalar;
- 03.00.00 - Biologiya fanlari: Tirik organizmlar, ularning tuzilishi, rivojlanishi, irsiyati, hayotiy jarayonlari va ekologiyasiga oid ilmiy tadqiqotlar;
- 06.00.00 - Qishloq xo'jaligi fanlari: Dehqonchilik, o‘simlikshunoslik, seleksiya, tuproq unumdorligi, chorvachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga oid ilmiy tadqiqotlar.
Materiallar turlari
- Original tadqiqot maqolasi — maqsad, metod, natija va xulosalari aniq yoritilgan ish;
- Sharh maqola — manbalarning tizimli yoki tanqidiy tahlili;
- Ilmiy-amaliy maqola — texnologiya, usul, qurilma, dastur yoki o‘quv amaliyotiga oid asoslangan yechim.
Nashr davriyligi va hajmi
Nashr davriyligi yiliga 6 (olti) marta, har ikki oyda bir marta nashr etiladi. Jurnalning har bir soni A4 (210 × 297 mm) formatda, elektron PDF shaklida tayyorlanadi va Internet jahon axborot tarmog‘i orqali tarqatiladi. Jurnalning bir soni hajmi 150 (bir yuz ellik) sahifadan 300 (uch yuz) sahifagacha etib belgilanadi. Har bir sonning yakuniy hajmi mazkur chegaralar doirasida nashrga qabul qilingan ilmiy maqolalar, ilmiy sharhlar va boshqa tahririy materiallarning umumiy hajmidan kelib chiqib belgilanadi.
Muassis va nashriyot
«NASHR PRESS XIZMATI» mas’uliyati cheklangan jamiyati, Buxoro, O‘zbekiston. STIR: 312 659 106. Aloqa: fozilovjurnal@gmail.com, +998 90 718 40 66.
Science Vista — yangi jurnal. ISSN, OAV ro‘yxatdan o‘tganlik raqami va indekslanish holati rasman olingandan so‘ng shu saytda e’lon qilinadi.